Present Simple odat · fakt
Subject + V1 · he / she / it → V + -s
Doimiy takrorlanadigan harakat, odat va umumbashariy faktlar uchun ishlatiladi.
- + I work · She works · They work
- − I don't work · She doesn't work
- ? Do you work? · Does she work?
I usually get up at seven.Men odatda yettida turaman.
Water boils at 100°C.Suv 100 darajada qaynaydi.
She doesn't like coffee.U qahvani yoqtirmaydi.
Belgilar: always · usually · often · sometimes · never · every day
Diqqat: 3-shaxs birlikda -s tushib qolmasin: He go → He goes, She have → She has.
Present Continuous hozir bo'layotgan
am / is / are + V-ing
Ayni shu paytda bo'layotgan harakat, vaqtinchalik holat va yaqin kelajakdagi reja uchun.
- + I am reading · She is reading · They are reading
- − I'm not reading · He isn't reading
- ? Are you reading? · What is she doing?
Look! It is raining.Qarang! Yomg'ir yog'ayapti.
I am meeting my teacher tomorrow.Men ertaga o'qituvchim bilan uchrashaman (kelishilgan).
Belgilar: now · at the moment · at present · today · Look! · Listen!
Diqqat: holat fe'llari (stative verbs) odatda Continuous'da ishlatilmaydi: I know ✓ · I am knowing ✗. Bular: know, like, love, want, need, understand, believe, remember.
Present Perfect natija muhim
have / has + V3
O'tmishda bo'lgan, lekin hozirgi payt bilan bog'liq harakat yoki tajriba uchun. Aynan qachon bo'lgani muhim emas — natijasi muhim.
- + I have finished · She has finished
- − I haven't finished · He hasn't finished
- ? Have you finished? · Has she finished?
I have just finished my homework.Men hozirgina uy vazifamni tugatdim.
She has never been to London.U hech qachon Londonda bo'lmagan.
We have lived here since 2020.Biz 2020-yildan beri shu yerda yashaymiz.
Belgilar: just · already · yet · ever · never · since · for · so far
since / for: since — boshlanish nuqtasi (since 2020, since Monday), for — davomiylik (for two years, for a week).
Present Perfect Continuous davomiylik
have / has been + V-ing
O'tmishda boshlanib, hozir ham davom etayotgan yoki endigina tugagan harakatning davomiyligini ko'rsatadi.
- + I have been working · She has been working
- − I haven't been working
- ? How long have you been working?
He has been waiting for two hours.U ikki soatdan beri kutmoqda.
It has been raining since morning.Ertalabdan beri yomg'ir yog'ayapti.
Belgilar: for · since · all day · lately · How long...?
Past Simple tugagan harakat
Subject + V2 · irregular fe'llar: go → went
O'tmishda ma'lum bir vaqtda bo'lib o'tgan va tugagan harakat uchun.
- + I worked · She went · They saw
- − I didn't work · She didn't go
- ? Did you work? · Did she go?
We visited Samarkand last summer.Biz o'tgan yozda Samarqandga bordik.
She didn't come to the party yesterday.U kecha ziyofatga kelmadi.
Did you see that film?O'sha filmni ko'rdingizmi?
Belgilar: yesterday · last week · in 2020 · two days ago
Diqqat: did dan keyin fe'l V1 ko'rinishida qoladi: Did she went? ✗ → Did she go? ✓
Past Continuous jarayon
was / were + V-ing
O'tmishda ma'lum bir paytda davom etayotgan harakat uchun. Ko'pincha harakat boshqasi tomonidan bo'linadi (when / while).
- + I was reading · They were reading
- − I wasn't reading · They weren't reading
- ? What were you doing at 8 pm?
I was sleeping at 10 pm.Kechki 10 da men uxlayotgan edim.
They were playing football when it started to rain.Yomg'ir boshlanganda ular futbol o'ynayotgan edi.
Belgilar: at 5 pm yesterday · while · when · all day yesterday
Past Perfect undan oldin
had + V3
O'tmishdagi boshqa bir harakatdan oldinroq bo'lib o'tgan harakat uchun — "o'tmishning o'tmishi".
- + I had finished · She had left
- − I hadn't finished · She hadn't left
- ? Had you finished before the deadline?
She had left before we came.Biz kelishimizdan oldin u ketib bo'lgan edi.
By the time I arrived, the film had started.Men yetib kelganimda film boshlanib bo'lgan edi.
Belgilar: before · after · by the time · already · never ... before
Past Perfect Continuous davomiylik
had been + V-ing
O'tmishdagi ma'lum paytgacha qancha vaqt davom etgan harakat uchun.
- + I had been working · They had been waiting
- − I hadn't been working
- ? How long had you been studying English?
They had been playing for an hour before the coach arrived.Murabbiy kelguniga qadar ular bir soatdan beri o'ynayotgan edi.
She had been waiting since morning.U ertalabdan beri kutayotgan edi.
Belgilar: for · since · how long · before · until
Future Simple (will) qaror · bashorat
will + V1 · − will not (won't) + V1
Hozir qabul qilingan qaror, va'da, taklif va umumiy bashoratlar uchun.
- + I will call you · She will help us
- − I won't forget · He won't come
- ? Will you help me? · What will happen?
I will call you tomorrow.Men ertaga sizga qo'ng'iroq qilaman.
I think it will rain tonight.Menimcha, bu kecha yomg'ir yog'adi.
Belgilar: tomorrow · next week · I think / hope / expect · probably
be going to reja · dalil
am / is / are + going to + V1
Oldindan rejalashtirilgan niyat va hozirgi dalilga asoslangan bashorat uchun.
- + We are going to move · She is going to study
- − I'm not going to argue
- ? Are you going to join us?
We are going to move to Tashkent next year.Biz kelasi yil Toshkentga ko'chmoqchimiz.
Look at those clouds — it is going to rain.Anavi bulutlarga qarang — yomg'ir yog'adi (dalil bor).
will yoki going to? will — hozir qabul qilingan qaror (I'll take a taxi); going to — oldindan reja (I'm going to take a taxi after the lesson).
Future Continuous jarayon
will be + V-ing
Kelajakda ma'lum bir paytda davom etayotgan harakat uchun.
This time tomorrow I will be flying to Istanbul.Ertaga shu payt men Istanbulga uchayotgan bo'laman.
At 8 pm she will be studying.Kechki 8 da u dars qilayotgan bo'ladi.
Belgilar: at 8 pm tomorrow · this time tomorrow · all day tomorrow
Future Perfect paysiz tugagan
will have + V3
Kelajakdagi ma'lum paytgacha tugallangan bo'ladigan harakat uchun.
By June I will have finished the course.Iyunga qadar kursni tugatgan bo'laman.
She will have written the report by Friday.U jumaga qadar hisobotni yozib bo'ladi.
Belgilar: by · by then · by the time · before
Future Perfect Continuous davomiylik
will have been + V-ing
Kelajakdagi ma'lum paytgacha qancha vaqt davom etgan bo'lishini ko'rsatadi.
By May he will have been working here for a year.Mayga kelib u bu yerda bir yildan beri ishlayotgan bo'ladi.
Belgilar: by ... for · by next month
a / an — noaniq artikl birinchi marta
a + undosh tovush · an + unli tovush · faqat birlik sanaladigan ot bilan
Tilga olinayotgan narsa birinchi marta eslatilganda yoki "birorta / biri" ma'nosida ishlatiladi. Kasb-hunar oldidan ham qo'yiladi.
I saw a dog in the park.Men bog'da bir itni ko'rdim.
She is an engineer.U muhandis (kasbi).
He waited for half an hour.U yarim soat kutdi.
Muhim: tanlov harfga emas, tovushga bog'liq: a university (yu tovushi), an hour (h o'qilmaydi), a European country.
the — aniq artikl ma'lum narsa
the + birlik va ko'plik + sanaladigan va sanalmaydigan otlar bilan
Suibatdosh ikkoviga ham ma'lum bo'lgan, avvalroq tilga olingan yoki dunyoda yagona bo'lgan narsalar uchun.
I bought a phone. The phone is black.Men telefon oldim. (O'sha) telefon qora.
The sun rises in the east.Quyosh sharqdan chiqadi.
She is the best student in our group.U guruhimizdagi eng yaxshi o'quvchi.
- Yagona narsalar: the sun, the moon, the sky, the internet
- Eng yuqori daraja: the best, the most important
- Daryo, dengiz, okean: the Amu Darya, the Pacific
Artiklsiz holat (zero article) umumiy ma'no
Umumiy ma'nodagi ko'plik va sanalmaydigan otlar, shuningdek ayrim turg'un holatlar oldidan artikl qo'yilmaydi.
I like music. Cats are cute.Men musiqani yaxshi ko'raman. Mushuklar shirin.
She goes to school every day.U har kuni maktabga boradi.
He speaks English well.U inglizchani yaxshi gapiradi.
- Tillar va fanlar: English, math, history
- Ovqat nomlari: breakfast, lunch, dinner
- Ism, shahar, davlat: Ali, Tashkent, Uzbekistan
- Turg'un birikmalar: go to school / work / bed, at home